“Hamkorbank” “Sberbank Onlayn”dan o‘tkazmalarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtadi

“Hamkorbank” bunga bank tizimlarida olib borilayotgan texnik ishlar sabab qilib ko‘rsatgan.
Sputnik
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. “Hamkorbank” 25-fevraldan boshlab “Sberbank Onlayn” ilovasi orqali jo‘natiladigan mablag‘larni qabul qilishni vaqtincha to‘xtadi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunga bank tizimlarida olib borilayotgan texnik ishlar sabab qilib ko‘rsatilgan.
“Sberbank Onlayn” ilovasi orqali “Hamkorbank” plastik kartalariga yuborilayotgan mablag‘larni kartalarga qabul qilish 2022-yil 25-fevral kunidan vaqtinchalik to‘xtatildi”, - deyilgan xabarda.
“Sberbank Onlayn” orqali mablag‘larni O‘zbekistondagi yana ikkita bank qabul qiladi – “Agrobank” va “Ipak Yo‘li”