Sputnik Moldova sahifasi yangi manzilga ko‘chdi

Moldova hukumati mahalliy Sputnik sahifasi va radiostansiyasini bloklab qo‘ydi.
Sputnik
TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Sputnik Moldova axborot agentligining sahifasi shanba kuni bloklab qo‘yilgan edi, keyinroq u boshqa manzilda ishga tushdi, de xabar qilmoqda agentlik telegram kanali.
Sputnik Moldovaning yangi manzili quyidagicha:
ru.md.sputniknews.com — rus tilida;
md.sputniknews.com — moldova tilida;
ro.md.sputniknews.com — rumin tilida.
Moldova Respublikasining Axborot va xavfsizlik xizmati qaroriga ko‘ra, 26-fevral kunidan Sputnik Moldova redaksiyasining Sputnik.md va Gagauznew.md veb sahifalari bloklangan edi. Tahririyat 26-fevraldan sayt bloklanishi va 7-martdan boshlab radiostansiya bloklanishi haqida taaluqli ogohlantirish olgan.
Eslatib o‘tamiz, 209-yilda shu tariqa Sputnik Estoniya sahifasi bloklangan edi. Tahririyatga turli tahdidlar qilinishi munosabati bilan Sputnik Estoniya favqulodda rejimda ishlagan, keyinchalik 2021-yildan boshlab uning sobiq xodimlari tomonidan yangi loyiha - Sputnik Meedia ishga tushgan edi.