TOShKENT, 26 fev - Sputnik, Anna Jelixovskaya. O‘zbekistonda rus tili o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Endi rus tilini bilish darajasini ko‘rsatuvchi sertifikat C1 ko‘rsatkichidan past bo‘lmagan o‘qituvchilarning ish haqiga 50% ustama belgilanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining “Chet tillarni o‘rganishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.
“Rus tili o‘qituvchilariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va yordam uchun respublika rahbariyatiga katta minnatdorchilik bildiraman. O‘qituvchilar ish haqiga 50% ustama belgilanadi, imtihon xarajatlari to‘liq qoplandi”, deydi Rossiya Xalqlar Do‘stligi universiteti (RXDU)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andrey Kolesnikov.
“Ishga marhamat” monomarkazi negizida rus tili o‘qituvchilarining C1 darajasi test sinovlari RXDU Rus tili instituti tomonidan tashkil etildi. S1 darajasi rus tilida ravon gapirish va ishlash imkonini anglatadi.
Aytgancha, RXDUO‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib bunday imtihonni o‘tkazishni boshladi. Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi (Rossotrudnichestvo) imtihonlarga maxsus kurslarda tayyorlanishda yordam beradi.
“Ushbu sertifikat o‘qituvchining adabiyot va tarixni bilishiva rus xalqi madaniyatidan xabardor ekanligini tasdiqlaydi”,-deydi RXDUuniversiteti Rus tili instituti direktorining birinchi o‘rinbosari Svetlana Elnikova.
158 ta nomzoddan 70 nafar o‘qituvchiga sertifikat topshirildi. Sertifikat sohibalaridan biri Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 2-sonli kasb hunar maktabining rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi Zulxumor Narmetovadir. U 20-yildan ortiq vaqtdan buyon ta’lim sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.
"Men malaka oshirish maqsadida Rossiya xalqlar do‘stligi universitetiga bir necha bor borganman. Shuning uchun darhol test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdim. Imtihonni birinchilar qatorida muvaffaqiyatli topshirdim va bundan juda xursandman. Avvalo, sinov menga bilimimni tekshirib ko‘rish imkonini berdi. Yoshim 60 da, dars berishda davom etaman”,- deydi o‘qituvchi.
Imtihon tinglash, lug‘at, grammatika, o‘qish, yozish shartlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Imtihonning birinchi kunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganlar so‘zlashuv bosqichiga o‘tadi.
Kolesnikovning so‘zlarigako‘ra, kelajakdabunday sertifikatolgan o‘qituvchilarniRossiyada ishlashni xohlovchi fuqarolarnio‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha ishlarga taklif qilish rejalashtirilgan.
“Biz ushbu dasturni O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda amalga oshirapmiz. Umid qilamizki, bu o‘qituvchilar uchun repetitorlik o‘rnini bosuvchi qo‘shimcha qonuniy daromadga aylanadi”, - deya qo‘shimcha qildi Andrey Kolesnikov.
Bugungi kunga qadar test sinovlarifaqat Toshkent shahrida o‘tkazilgan. Biroq, Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasirahbarining so‘zlarigako‘ra, universitetning texnik va ilmiy salohiyati bilan ushbu imtihonlarni respublikaning boshqa viloyat markazlarida ham o‘tkazish mumkin. Buning uchun, rus tili bo‘limlari mavjud bo‘lgan universitetlar negizida mos maydonlarni ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.