Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

O‘zbekiston Ukraina masalasida neytral pozitsiyada – Sherzod Asadov

O‘zbekiston ham Rossiya ham Ukraina bilan do‘stona munosabatlarga ega va mintaqada tinchlik bo‘lishidan manfaatdor.
Sputnik
TOShKENT, 26 fev – Sputnik. O‘zbekiston Ukraina masalasida neytral pozitsiyada, deb ma’lum qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
- Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada, - dedi Asadov.
- Mamlakatimiz azaldan ham Rossiya, ham Ukraina bilan yaqin, do‘stona munosabatlarga ega. Biz keng mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot bo‘lishidan manfaatdormiz. Barcha bahs va kelishmovchiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi lozim.
Shuningdek prezident matbuot kotibi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Vladimir Putin bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan suhbatida Ukraina voqalari yuzasidan ham fikr almashilgan. Suhbat davomida O‘zbekiston prezidenti Ukraina va Rossai bugungi vaziyatni hal qilishning o‘zaro maqbul yo‘llarini tez fursatda topishlari va mojaroning yanada keskin tus olishiga yo‘l qo‘yilmasligiga umid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyai 21-fevral kuni DXR va LXRni tan olgan, 24-fevralda esa Doneskda maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu operatsiya davomida shaharlar va tinch aholiga zarar yetkazilmayotganini va faqat harbiy infratuzilma va qurol-yarog‘ omborlari yo‘q qilinayotganini ta’kidlamoqda.