Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiy ofisi muzokaralarga tayyor ekanini ma’lum qildi

Zelenskiy ofisi Ukrainaning neytral maqomi to‘g‘risida Rossiya bilan muzokaralarga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Ukraina o‘zining neytral maqomi to‘g‘risida Rossiya bilan muzokaralr olib borishga tayyor deb e’lon qilmoqda OAVlar Vladimir Zelenskiy ofisi rahbariga asoslanib. RIA Novosti xabariga asosan.
- Lekin Kiyevga xavfsizlik kafolatlari kerak, deb qo‘shimcha qilingan xabarda.
Ma’lumot uchun, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir necha soat oldin Ukraina yolg‘iz qolgani haqida bayonot bergan edi.

"Bugun tongda Ukraina bir o‘zi qoldi. Dunyo davlatlari vaziyatni uzoqdan turib kuzatishmoqda. Kiritilgan sanksiyalar yetarli emas", - degan edi Ukraina prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral kuni Donbassda maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Rossiya prezidenti Ukrainani okkupatsiya qilish niyati yo‘qligini, faqat uni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish niyati borligini xabar qilgan edi. Shuningdek Putin Ukraina harbiylariga hukumatning jinoyatkorona buyruqlarini bajrmaslikni, qurollarini topshirib uyga ketishni so‘ragan edi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina shaharlari, aholi turar joylari armiya garnizonlariga hech qanday artilleriya, raketa va aviatsiya zarbalari bermayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Zarbalar faqat harbiy infratuzilmaga berilmoqda.