TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Turkiya Bosfor va Dardanella bo‘g‘ozlari orqali Rossiya harbiy kemalari o‘tishini cheklab qo‘yishi mumkin, lekin ularda o‘z uyiga (bazasiga) qaytish imkoni saqlanib qoladi, - dedi tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushoglu.
Biroz oldin Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bondar Kiyev Anqaradan Rossiya kemalari uchun bo‘g‘ozlarni yopib qo‘yishni talab qilgani haqida ma’lum qilgan edi.
"Bizga Ukrainadan rasmiy so‘rov kelib tushdi. Montyo konvensiyasiga ko‘ra, Turkiya o‘zi ishtirok etmaydigan urushda unda ishtirok etayotgan tomonlar kemalarini o‘tishini cheklab qo‘yish huquqiga ega. Lekin Montryo Konvensiyasiga ko‘ra, urushda ishtirok etayotgan davlatlar kemalarining o‘z uyiga (bazasiga) qaytish huquqi saqlanib qolinadi", - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, Montryo Konvensiyasi 1936-yilda imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra savdo kemalari tinchlik va urush vaqtida ham Bosfor va Dardanella bo‘g‘ozlari orqali o‘tish huquqini beradi. Undan tashqari ushbu konvensiya Qora dengiz akvatoriyasida joylashmagan davlatlarning harbiy kemalariga Qora dengizga kirish imkonini jidiy cheklaydi. Xususan Qora dengizga kirayotgan begona davlatlar kemalari umumiy tonnaji 30 ming tonnadan oshmasligi vaQora dengizda bo‘lish davomiyligi 21 sutkadan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ushbu holat AQSh va NATO kemalari uchun jiddiy murakkablik yaratadi. Ular bir necha bor ushbu Konvensiyani qayta ko‘rib chiqishga ham urinib ko‘rishdi.