Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya desantchilari Chernobil AES hududini to‘liq nazoratga oldi

Rossiya desantchilari Chernobil AES yaqinidagi hududni to‘liq nazoratga oldi.
Sputnik
Rossiya havo-desant qo‘shinlari Chernobil AES yaqinidagi hududni to‘liq nazoratga oldi, dedi Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov.
Stansiya hududida radiatsiyaviy fon normal darajada, xodimlar obyektlarga normal rejimda xizmat ko‘rsatishda va radioaktiv holatni kuzatishda davom etmoqda, deb qo‘shimcha qildi mudofaa vazirligi vakili.
Ukraina atom elektr stansiyasini himoya qilish bataloni harbiy xizmatchilari bilan energiya bloklari xavfsizligini birgalikda ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, ️Rossiya Qurolli Kuchlari Ukrainadagi 118ta harbiy obyektni ishdan chiqardi. 5ta jangovar samolyot, 1ta vertolot va 5ta pilotsiz uchar qurilma urib tushirildi, 1 ta tank va 7ta reaktiv raketa tizimi (RSZO) yo‘q qilindi.
Harbiy harakatlar paytida Ukraina huquq-tartibot idoralarining 150 dan ortiq harbiy xizmatchilari qurollarini tashlab, taslim bo‘lishdi.