TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va va Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin juma kuni telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.
Xitoy tomoni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal etish tarafdori ekanligi haqida bayonot berdi. Xitoy Markaziy televideniyesining xabar berishicha, Putin Kiyev bilan oliy darajada muzokara o‘tkazishga tayyor ekanligini ta’kidlagan.
Bugun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidentiga “odamlar o‘limini to‘xtatish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishni” taklif qildi.
Bir kun avval Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, Moskvaning Ukrainani bosib olish rejalari yo‘q, balki uni qurolsizlantirish va natsizmni yo‘q qilishni istaydi. Davlat rahbari operatsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad deb sakkiz yil davomida genotsidga uchragan DXR va LXR aholisini himoya qilish ekanliginita’kidlagan.
U Ukraina harbiylarini jinoiy buyruqlarni bajarmaslikka, qurollarini tashlab, uylariga qaytishga chaqirdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, qon to‘kilishi uchun barcha javobgarlik Kiyev rejimining vijdonida bo‘ladi.
Mudofaa vazirligida faqat harbiy infratuzilmalariga zarba berilishi, Ukraina hududidagi tinch aholi obyektlariga teginilmasligi va aholi xavf ostida emasligi ta’kidlandi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, juma kuni tongda Ukrainaning 118 harbiy obyekti ishdan chiqarilgan, Chernobil AES nazoratga olingan. Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari bostirilgan, harbiy havo bazalari infratuzilmasi ishdan chiqarilgan.