Moskva Ukraina tomoni bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Minskka delegatsiya yuborishga tayyor, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Unga ko‘ra, Mudofaa, Tashqi ishlar vazirliklari va Kreml administratsiyasi vakillari Rossiya delegatsiyasi tarkibiga kiradi.
"Zelenskiy Ukrainaning betaraflik maqomini muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Dastlab Rossiya prezidenti Vladimir Putin operatsiyadan maqsad LXR va DXRga yordam berish, shu jumladan, Ukrainani qurolsizlantirish va natsizmni yo‘qotish ekanligini aytdi. Bu esa, aslida, betaraflik maqomning ajralmas qismidir”, - deb tushuntirdi u.
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi bilan suhbatda, Minsk muzokaralar uchun barcha shart-sharoitlarni tayyorlashiga ishontirdi.
“Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali suhbatlashdi, u o‘z navbatida delegatsiyalarning kelishi, xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash hamda muzokaralarni o‘tkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyor bo‘lishiga ishontirdi.”, - dedi Peskov.