25 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston-Rossiya hamkorligiga doir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Davlat rahbarlari oliy darajadagi muloqotlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surishni ko‘rib chiqdilar.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.