Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Hokimiyatni o‘z qo‘lingizga oling”: Putin ukrainalik harbiylarga murojaat qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ukrainalik harbiylarni mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olishni taklif qildi.
Sputnik
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ukrainalik harbiylarni mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olishni taklif qildi.
"Hokimiyatni o‘z qo‘lingizga oling. Kiyevda o‘tirib olib butun Ukraina xalqini asirga olgan narkoman va neonatsistlar shaykasidan ko‘ra siz bilan kelishishimiz osonroq bo‘ladigan ko‘rinadi”, - dedi u.
Davlat rahbari, shuningdek, ukrainalik askarlarni radikallarning tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Avvalroq Mudofaa vazirligi Kiyev hukumati Ukraina poytaxtining turar-joylarida “Grad” raketa tizimlarini joylashtirganini ma’lum qilgandi. Operatsiyaning boshlanishidanoq tinch aholiga qarata zarba bermasliklarini ta’kidlagan.
Vazirlikning rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ham Ukraina Qurolli kuchlarining Donbassdagi harbiy xizmatchilari deyarli qarshilik ko‘rsatmaganini aytdi. Janglar asosan nasbatalonlar tomonidan olib borilmoqda.
Bir kun avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini maelum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra Moskvaning rejalarida Ukrainani bosib olish emas, faqat uni qurolsizlantirish va neonatsistlarni yo‘qotish maqsad qilingan.