Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Endi G‘arbdan nima kutishimiz kerak?

Ukraina misoli ko‘plab Yevropa davlatlari uchun yaxshi signal bo‘ladi. Amerika vaqti kelganda, har qanday "do‘stini" arzon sotib qochib qolishi aniq bo‘ldi-ku! Lekin undan oldin ular sizni talon-taroj qilib, bema’ni urushlar uyushtirishadi va sizni o‘limga yuborishadi.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev - Sputnik. G‘arb tomonidan Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olganidan so‘ng, harbiy operatsiya boshlanmasdan turib, Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kiritilgan edi. G‘arb tasavvurida bu mantiqan to‘g‘ri albatta – Rossiya ruslarni qutqarmasligi kerak. Ruslar podvallarda o‘tirishi, bombalardan qurbon bo‘lishi – normal holat. Agar Rossiya ularni himoya qilishga harakat qilsa – uni jazolash kerak.
Shu sababli ham Amerika Rossiyaning suveren qarziga nisbatan sanksiya kiritdi, nemislar esa “Shimoliy oqim-2” ni to‘xtatishdi. Bir vaqting o‘zida Rossiya banklariga nisbatan diversiya uyushtirildi – kutilmaganda hatto Armiya markaziy sport klubi ham ta’qiq ostiga tushdi. Ha to‘g‘rida, "dunyoda SSKAdan kuchli jamoa yo‘q!” (SSKA muxlislari iborasi)
Rossiya harbiylari millatchi to‘daga aylangan Ukraina rahbariyatini neytrallashtirmoqchi xolos. Lekin G‘arb OAVlarida shunaqa shovqin suron ko‘tarilgan-ki hisobi yo‘q. “Kiyevga hujum!”, “Chernobil uchun kurash!” – deb chiqqan Daily Mail, “Apokalipsis bugun!” – deb yozgan kata harflar bilan Britaniyaning The Sun nashri. "Urush bo‘lmasin!" — deb yoxgan Deutsche Welle.
Biz ulardan albatta boshqasini kutmagan ham edik. Keling endi biz Ukraina huddiga tinchlik olib kelayotganimiz uchun G‘arb bizga nima bilan tahdid solayotganini batafsilroq ko‘rib chiqaylik.
Harbiy sohada NATO sharqiy bo‘g‘inda o‘z qo‘shinlar sonini oshirishni va’da berdi. Xususan Ruminiya va ehtimol Boltiqbo‘yida.
Lekin Ukrainada emas. “Ukraina hududida NATO qo‘shinlari yo‘q va u yerda ularni joylashtirish rejasi ham yo‘q. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz, lekin mustahkam kafolatlar faqat NATO bo‘icha ittifoqchilarga beriladi”, - dedi Stoltenberg aniq va ravshan qilib.
Mana shunaqa. Ittifoqchilarga mustahakam kafolat, Ukrainaga – unchalik mustahkam emas, yumshoq kafolatlar... Nega unda ulargi NATOga tortib kirmoqchi bo‘lishdi, aksariyat aholi norozi bo‘lsa ham? Nega u yerga "Javelin"larni olib kelishdi, aholiga yog‘och “kalashnikov”lar berib ularni Rossiyaga qarshi qayrashdi? Sal xavotir paydo bo‘lgandan darhol tashlab qochishdi. Uyat-ku bu...
Endi iqtisod sohasiga o‘tsak. Angliya bosh vaziri Boris Djonson “Rossiya iqtisodini mayib” qilishni va’da berdi. Britaniyada VTB aktivlari muzlatib qo‘yildi. Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen yangi sanksiyalar “Rossiya iqtisodiy o‘sishini to‘xtatib, inflyatsiyani kuchaytiradi, kreditlar narxlarini oshirib, sanoat bazasini buzishini” va’da berdi. Hatto Chexiya prezidenti Milosh Zeman ham kutilmaganda “Putinni izolyatsiya qilishni” va darhol Rossiyani SWIFTdan o‘chirishni talab qildi.
Bu malaylarning egasi Jozef Bayden esa hozirgina Rossaiga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Ular 4ta Rossiya banklari, dollar, yevro, funt va iyena bilan valyuta operatsiyalariga taaluqli. Shuningdek Rossiyaga yuqori texnologiyali mahsulotlar eksportini ta’qiqlashni o‘z ichiga oladi. Ushbu cheklovlar Rossiya harbiy sanoati va kosmik sanoatiga zarar yetkazishi kerak. SWIFT dan o‘chiirshni – Bayden istisno qildi.
Rossiyani alohida dasturlardan o‘chirish va shaxsan Putinga qarshi sanksiyalar kiritish borasida berilgan savollarga Bayden javob bermadi.
Albatta e’lon qilingan ushbu choralar ancha jiddiy, lekin ular bizning iqtisodimizga qancha zarar yetkazishi mumkin? Axir bizni 2014-yilda buyon to‘xtovsiz sanksiyalar bilan bombabo‘ron qilib kelishayaptiku. Va’da berilgan “do‘zaxiy” sanksiyalar urush bo‘lsa ham bo‘lmasa ham baribir kiritilar edi.
Qisqa muddatda, agar Yevropa uglevodorodlar sotib olishdan voz kechsa, moliyaviy transaksiyalar uzilsa, albatta qiyinchiliklar, noqulayliklar bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatda esa – bu cheklovlar bizning iqtisodimizni yanada chuqurroq diversifikatsiya qilishga va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga olib keladi. Bularning barchasi sanoatni rivojlantirish uchun juda yaxshi drayver bo‘ladi. Xorijda muzlatilgan aktivlarga kelsak, bizni shu yerdam ham mablag‘larimiz bor.
Lekin bizning g‘arblik hamkorlarimiz, ayniqsa Yevropadagilar bu sanksiyalar bilan o‘z oyoqlariga o‘zlari o‘q uzishayaptiku. Ular pistoletni o‘z boshlariga tirab ana-mana deguncha tepkini bosishga tayyor turishibdi.
Dmitriy Medvedev ularga allaqachon gazni 2000 yevrodan sotishga va’da berdi. Axir bu nafaqat uy xo‘jaliklari balkim yevropadagi korxonalarni ham bankrot qiladi-ku? Bu esa butun Yevropani bankrot qilishi mumkin. Rossiyaga dollar va yevroni almashtirishni cheklash ushbu valyutalarga bo‘lgan ishonchga putr yetkazadi. Rossiya eksportidan voz kechin Yevropaning o‘ziga ko‘proq zarar keltiradi.
Xullas bugungi AQsh va Yevropa boshqalar iqtisodini sindiradigan darajada emas. Avval o‘z jonlarini saqlab qolishsin. Dou-Jons indesi sanksiyalarni kutib bir kunda 830 pointga quladi, Nasdaq bulsa bugun 2008-yil krizis vaqtidagidan ham past. Meta (sobiq Facebook) aksiyalari yil boshidan buyon 40%, Netflix — ham shuncha, Nvidia va Tesla – 25%, Microsoft, Amazon, Alphabet aksiyalari ham pastga sho‘ng‘imoqda. Ya’ni pufaklar yorila boshladi.
Albatta G‘arb OAVlari bularning barchasiga Rossiya aybdor demoqda, lekin indekslar G‘arb elitasi xursandchilik bilan kiritayotgan sanksiyalar siyosati tufayli qulamoqda-ku? Shu yo‘sinda g‘arblik “hamkorlar” birja va bozorlarning mutlaq qulashiga ham yetib kelishlari mumkin.
G‘arbda ham mutaxassislar bularni albatta juda yaxshi tushunishadi. Guardian ayni damda Yevropa rahbarlari maxjlis o‘tkazayotgan Brusseldan reportaj oib bormoqda. U yerda hozircha yakdillik kuzatilmayapti. Italiya, Germaniya va Kipr ayrim sanksiyalarga qarshi. Fransiya va Germaniya jarayonni sekinlashtirishga urinmoqda. Ular dastlab AQSh va Britaniya sanksiyalarini kutishni ma’qul ko‘rmoqda. Xullas hech kim birinchi bo‘lib yonib turgan o‘choqqa boshini suqishni istamayapti.
Yevropaliklar iqtisodiy sanksiyalardan tashqari ayrim diplomatik “tarbiyaviy” choralar ham qo‘llashmoqchi. Xususan, Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha rossiyaliklarga sayyohlik vizalari berishni to‘xtatishni talab qilishmoqda.
Ukrainani qo‘llab-quvvatlash shu bilan yakunlanmoqda. Tashqaridan qaraganda buni g‘irt sotqinlik deyish mumkin. Amerika va Yevropa rahbalari butun dunyo ko‘z o‘ngida Kiyev xuntasini ko‘chaga chiqarib tashlamoqda. Mamlakatni qurolga to‘ldirib, ukrainlarga "Qizil maydonda Abrams” tanklari va yana bir talay saroblarni va’da berib, birinchi xavf ko‘ringandayoq hammasini tashlab qochishmoqda. Buni oldida Afg‘onistondan qochish hech gap bo‘lmay qoldi...
G‘arb elitasi so‘nggi kunlarda namoyish qilayotga johillikni ruslar tushunmaydi. Umuman ikki slavan millati tortishuviga ularning aralashishga nima haqlari bor? To‘xtovsiz ularni bir-biriga qarshi qayrash, feyklar to‘qish nima kerak? O‘z ishlari bilan shug‘ullansa bo‘lmaydimi? Ana bozorlar qulamoqchi.
Lekin hozir bizning ko‘z o‘ngimizda Vashington Sharqiy Yevropada so‘nggi 30-yil davomida shug‘ullangan qalbaki “millatchi” davlatlar qurish siyosati qulamoqda. Chexiyadan tortib Moldovagacha, Albaniyadan Ukrainagacha.
Varshava shartnomasi va Sovet Ittifoqi vayronalari ustida ko‘p sonli bo‘lmagan o‘z xalqini sotgan elitalar qo‘li bilan aksariyat aholining xohish va istaklarini mensimasdan olib borilgan “millatchi” davlat qurish siyosati qulamoqda.
Turli poytaxtlarda umumxalq fikriga qarshi to‘dalar o‘ziga o‘zi tarix o‘ylab topib, hech qachon mavjud bo‘lmagan tillarda so‘zlashib, mash’alali yurishlar uyushtirib, natsistlarni olqishlagan edi. Xalq bularning barchasiga jim qarab turdi, chunki ularga siyosat emas tirik qolish, jon saqlash kerak edi. Shu sababli ham ushbu davlat ko‘z-ko‘z qilgan siyosatning hidi sassiq. Ular aksariyat xalqning fikriga qarshi qurilgan rejimlar edi. Ular bugun faqatgina NATO nayzalari tufayli amalda o‘tiribdi.
Sharqiy Yevropa davlatlari xalqlari, o‘zlarining “qo‘g‘irchoq” rahbarlaridan farqli o‘laroq, Rossiya bilan do‘st bo‘lib yashashni istaydi. Bu haqiqat allaqachon ko‘pchillikka ayon bo‘lgan. Ushbu hududlarga ko‘pchillik o‘zini rus millatiga, rus madaniyatiga yaqin hisoblaydi. Biz hozir Ukrainada bunin guvohi bo‘lmoqdamiz. U yerda hech kim Rossiya bilan jang qilishni istamaydi. U yerdagilarning aksariyati bizning odamlar.
Ukraina harbiylari ommaviy ravishda qurol topshirmoqda. Shoygu bo‘lsa ular uchun xavfsiz koridor ochib berish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni topshirgan. Bu mutlaq to‘g‘ri qaror, chunki tabiatda “ukraina harbiylari” degan tushuncha yo‘q, G‘arb propagandasi va Kiyev xuntasi tomonidan aldangan “rus odamlari” bor.
Rossiya armiyasining ushbu operatsiyasini dam olish kuni urushi deb atash mumkin edi, lekin bu aslida urush ham emas. Bu – odatiy tinchlikparvar missiya. Oddiy fuqarolar uchun hech qanday xavf yo‘q. Faqat qurol-yarog‘ omborlari va harbiy infratuzilma bo‘yicha aniq zarbalar berilmoqda. Qizig‘i, Ukrainada hech kim Kiyev rejimni himoya qilishni istamayapti.
Rus armiyasi bugun Ukraina hududida nafaqat harbiy infratuzilmani balkim butun aksil-Rossiya g‘oyasini yanchib tashlamoqda. Vashington tomonidan o‘ylab chiqilgan ushbu konsepsiya tarafdorlari soni hech qachon ko‘p va haqiqiy bo‘lmagan. Bu g‘oya faqat xo‘jako‘rsinga saqlab turilgan. Ozod bo‘lgan Ukraina halqi, vanihoyat, o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Bu ko‘plab Yevropa davlatlari uchun yaxshi signal bo‘ladi. Ular hozir hukumatni egallab olgan xuntalarga bo‘y so‘nish kerakmi yo‘qmi yana bir marotaba jiddiy o‘ylab ko‘rishadi. Axir vaqti kelganda ularni arzon sotib qochib qolishadiku? Lekin undan oldin sizlarni talon taroj qilib, g‘ayriinsoniy aqidalarni uqtirib undan, bema’ni urushlar uyushtirishadi va ularni o‘limga yuborishadi. Lekin ozodlik yoningizda, bu tomonda. “Ruslar kelmoqda”.