TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi – Dariga Nazarboyeva parlament deputatligidan iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, endi u o‘zini butunlay ijtimoiy, gumanitar, madaniy va xayriya ishlariga bag‘ishlay oladi.
Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Darig‘a Nazarboyeva Nur Otan partiyasiga ovoz bergan Qozog‘iston xalqiga, partiyadoshlari va mamlakat rahbariyatiga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Mamlakatimizda sodir bo‘lgan fojiali yanvar voqealari faqat tinchlik va jamiyat birligi Qozog‘istonga farovonlik va taraqqiyot olib kelishini ko‘rsatdi. Bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar butun xalq uchun juda katta fojiadir. Shu bois xolis tergov o‘tkazish, aybdorlarni jazolash, begunohlarni ozod qilish zarur”, - dedi Nazarboyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “qora yanvar”ning achchiq saboqlarini o‘rganish va bu boshqa hech qachon takrorlanmasligi uchun hamma choralarni ko‘rish kerak.
Eslatib o‘tamiz, Dariga Nazarboyeva yanvar oyi boshidan beri parlament majlislariga kelmagandi.
Fevral boshida u hamon maosh to‘lanmaydigan ta’tilda ekanligi, Nur-Sultonda koronavirusdan so‘ng hozirda sog‘lig‘ini tiklayotgani haqida xabar berilgandi.