TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Anonymous xakerlar guruhi Rossiyaga qarshi kiberurush e’lon qildi. Ular xususan xalqaro auditori uchun ishlaydigan Russia Today (RT) telekanali saytiga hujum qilishganini ma’lum qilishgan.
RT telekanali payshanba kuni kechqurun uning sahifasiga DDoS-hujumlar uyushtirilayotganini ma’lum qilgan edi. Xabarda aytilishiga ko‘ra hujum uyushtirilayotgan IP manzillaring 27% AQShda joylashgan.
Anonymous, shuningdek Rossiya hukumati, Kreml, Davlat Dumasi, Federatsiya Kengashi va boshqa saytlarga hujum qilganini ma’lum qilgan.
Lekin Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml sahifasiga DDoS-hujum qilnmaganini tasdiqladi.