Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

UzAirways Ukrainaga parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatdi

Uzbekistan Airways Ukrainaga parvozlarini vaqtinchalik to‘xtatdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ Kiyevga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qiladi.
Ukraina havo hududi yo‘lovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, HY-3731/3732 Toshkent-Kiyev-Toshkent muntazam qatnovlari 27-fevral va 2-mart kunlari rejalashtirilgan parvozlari bekor qilinadi.
Bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.
“Uzbekistan Airways” AJ yo‘lovchilarni jadvaldagi har qanday o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qiladi.