Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina harbiylari ommaviy chekinmoqda - LXR xalq militsiyasi

Ukraina harbiylari bo‘yruq bajarishdan voz kechib ommaviy tartibda o‘z pozitsiyalarini tashlab ketmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev - Sputnik. Ukraina harbiylari ommaviy tartibda o‘z pozitsiyalarini tashlab chekinmoqda, deb xabar qilmoqda Lugansk xalq respublikasi militsiyasi.
Ukraina harbiylari butun tutash chiziq bo‘ylab buyruqni bajarishdan voz kechishmoqda va o‘z pozitsiyalarini tashlab ketishmoqda - deyilgan xabarda.
Donesk xalq respbulikasi ham Ukraina harbiylari o‘z pozitsiyalarini tashlab ketayotganlari haqida xabar qilishmoqda.
DXRdani Nikolayevka aholi punkti yaqinida muvaffaqiyatli harbiy harakatlar amalga oshirilgani haqida xabar qilindi. Ukraina harbiylariorasida yo‘qotishlar bo‘lmoqda va ular ommaviy ravishda o‘z pozitsiyalarini tashlab ketishmoqda.
Bir necha daqiqia oldin DXR va LXR osmonida Ukraina havo kuchlariga tegishli bo‘lgan ikkita "Bayraktar" uchuvchisiz apparati hamda 2ta Su-24 harbiy samolyotlari urib tushirilagi haqida xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, 24-fevral erta tongda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qilgan edi. Rossiya prezidenti Ukrainani okkupatsiya qilish niyati yo‘qligini, faqat uni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish niyati borligini ma’lum qilgan edi. Shu bilan bir vaqta Putin Ukraina harbiylariga murojaat qilib ulardan o‘z uylariga qaytishni so‘ragan edi.
Shundan so‘ng Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlariga yuqori aniqlikdagi zarbalar bera boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina shaharlariga va tinch aholisiga hech qanday zarba berilmayotganini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.