Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

TIV Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari va talabalariga bayonot bilan chiqdi

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga bayonot bilan chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun xavotirlanishga sabab va asoslar yo‘qligini ma’lum qilamiz, deb yozgan TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov.
O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasi hamda Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiya Federatsiyasining tegishli vazirlik va idoralari bilan yaqin va doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Fuqarolar uchun biron bir xavf-xatar yuzaga kelganda, tezkor ravishda tegishli choralar ko‘riladi.
Zarur hollarda fuqarolar quyidagi aloqa raqamlariga murojaat qilishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi Elchixonasi: +7 499 230-00-76, +7 499 230-00-32;
Rostov-Dondagi Bosh konsulxona: +7 988 586-59-82, +7 918 554-04-76, +7 988 586-70-35, +7 988 586-59-82.