Rossiyaga uchgan samolyot Namangan aeroportiga majburiy qaytmoqda

Rossiyaga uchgan samolyot Namangan aeroportiga majburiy qaytmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Rostov viloyatidagi havo maydoni yo‘lovchi samolyotlarining qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, 2022-yil 24-fevral kuni Namangan – Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha HY- 9825 reysi Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytmoqda.
Bekor qilingan parvoz yo‘lovchilari aviachiptani bepul bronlash yoki to‘liq qiymatini qaytarib olish huquqiga egadirlar.
“Uzbekistan Airways” AJ yo‘lovchilarni jadvaldagi har qanday o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qiladi.