Qozog‘istonda dollar kursi 452,49 tengega yetdi

Qozog‘istonda dollar kursi 452,49 tengega yetdi.
Sputnik
Qozog‘iston fond birjasining ertalabki savdo yakunlariga ko‘ra, xorijiy valyuta 15 tengega oshdi. Sputnik Qozog‘iston
Bir kun avval Milliy bank bir dollar uchun kursni 437,22 tenge etib belgilagan edi.
Ostonaliklar hozir shahardagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollar va yevro sotilmayotganini ma’lum qildi.
Qozog‘iston Milliy banki bazaviy stavkani 10,25 foizdan 13,5 foizga oshirdi.