TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi-2023 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun qaysi kunlari maydonga tushishini ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston o‘rin olgan "S" guruhi taqvimiga ko‘ra, “oq bo‘rilar” o‘z yurishlarini 8-iyun kuni Shri-Lanka jamoasiga qarshi boshlashadi. 11-iyun kuni Maldiv orollariga bilan kuch sinashsa, 14-iyunda Tailandga qarshi maydonga tushadi.
“C” guruhidagi barcha uchrashuvlar Namangandagi "Markaziy" stadionida o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Saralash uchrashuvlari shu yilning 8—14 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Osiyo Kubogi Xitoyda 2023-yilning 16-iyun kuni boshlanadi.
3-saralash bosqichida har bir guruh g‘olibi va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega beshta ikkinchi o‘rin sohibi Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.