TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi-2023 uchinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi "S" guruhidan joy oldi.
“Oq bo‘rilar” Tailand, Maldiv orollari va Shri-Lanka jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.
Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2023 uchinchi saralash bosqichi
© Foto: OFK
O‘zbekiston ilk uchrashuvini 8-iyun kuni Shri-Lanka jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Saralash uchrashuvlari shu yilning 8—14 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Osiyo Kubogi Xitoyda 2023-yilning 16-iyun kuni boshlanadi.
JCh-2022 va OK-2023 qo‘shma saralashining ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra, 12 ta terma jamoa va Osiyo Kubogining final bosqichiga yo‘llanma olgan. 3-saralash bosqichida har bir guruh g‘olibi va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega beshta ikkinchi o‘rin sohibi Osiyo Kubogi yo‘llanmasiga ega chiqadi.