Uzbekistan Airways ortga qaytishga majbur bo‘lgan Namangan-Krasnodar reysi Urganchga qo‘nganini ma’lum qildi.
Bortida 168 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot ekipaji yonilg‘i miqdorining kamligi sabab eng yaqin aeroportiga qo‘nish bo‘yicha qaror qabul qildi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:57 da Urganch aeroportiga qo‘ndi. Havo kemasiga yonilg‘i quyilgach, u yaqin vaqtlar ichida Namanganga uchib ketadi.