Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Qrimda terakt uyushtirishni rejalashtirgan Ukrainaning “Praviy sektor”* millatchi va ekstremistik tashkilotining tarafdorlarini qo‘lga oldi.
Xabar qilinishicha, ekstremistlarga qo‘shilgan olti nafar Rossiya fuqarosi ushlangan. Ular qo‘lbola portlovchi qurilma yasashgan va uni Qrimdagi cherkovlardan birida portlatishni rejalashtirishgan.
Ular yashayotgan uy tintuv qilinganda “Praviy sektor”*ga oid belgilar va materiallar aniqlangan.
* Rossiyada taqiqlangan tashkilot