TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida 23-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Ta’kidlanishicha, birinchi raqamli bort ilk bor Toshkentdan Mo‘ynoqqa keladi. Tashrif ham, avvalgilardan farqli ravishda, uch kun bo‘ladi.
Davlat rahbari samolyoti
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Yana bir yangilik - Orolbo‘yi hududini birgalikda rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston tumanlari bittadan viloyatga biriktirilgan. Shu bois bu yerga Toshkent shahri va viloyat hokimlari ham kelgan. Ular o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazadi", - deyilgan davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.