“O‘zavtosanoat” rahbari Gimnastika federatsiyasi prezidenti etib saylandi

Shavkat Umrzoqov nomzodi Gimnastika federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasida raislikka ilgari surildi.
Sputnik
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. “O‘zavtosanoat” AJ kompaniyasi boshqaruv rahbari Shavkat Umrzoqov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti etib saylandi.
Predsedatel pravleniya "Uzavtosanoat" Shavkat Umurzakov
Umrzoqov nomzodi Gimnastika federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasida raislikka ilgari surilgan va konferensiya delegatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.
“O‘zbek gimnastikasi eski an’analarini qayta tiklashi, uni jahonning yetakchi maktablaridan biriga olib chiqishi kerak, deb o‘ylayman. Bu kabi ezgu maqsadlarimizni tezroq amalga oshirish uchun bor kuch-g‘ayratimni ishga solishga va’da beraman”, – dedi federatsiyaning yangi raisi.
Shuningdek, konferensiya davomida federatsiyaning bir qator lavozimlariga vakillar tasdiqlab olingan. Ruslan Mustayev federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari, Go‘zal Filippova federatsiya bosh kotibi, Galina Isroilbekova direktor sifatida faoliyatini davom ettiradi.