TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistondagi mintaqaviy aloqalar uchun muhim bo‘lgan milliy yo‘llarni rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish uchun 273,85 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
OTB mablag‘lari bilan Surxondaryo viloyatidagi Darband-Denov yo‘lining 106 kilometri yangilanadi. G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu (A380) avtomobil yo‘lining qariyb 87 kilometri rekonstruksiya qilinadi.
Loyiha kam texnik xizmat ko‘rsatilgan beton qoplamali yo‘llarni kengaytiradi va ularning holatini yaxshilaydi, sayohat vaqtini va transport vositalarini ishlatish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanadi, yo‘l belgilari yangilanadi. Darband va Denov shaharlari yaqinida yo‘l qismidagi yukni kamaytirishga yordam beradigan harakatda tortish tizimlari o‘rnatiladi.
Loyiha moliyaviy savodxonlik, onlayn marketing va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘rgatish orqali loyiha jamoalaridagi tadbirkor ayollarning COVID-19 pandemiyasining salbiy ta’siridan iqtisodiy tiklanishini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 ming dollar miqdoridagi texnik yordam grantini o‘z ichiga oladi.