TOShKENT, 23 fev — Sputnik. 2022-yilning yanvar oyida O‘zbekiston 3 037 ta yengil avtomobil import qilgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Xorijiy davlatlardan olib kelingan bu avtoulovlarning qiymati 65,7 mln dollarga teng.
“Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 819 taga yoki qariyb 14 baravarga oshgan”, - deyilgan xabarda.
Mashinalar asosan Xitoy (1781 ta), Janubiy Koreya (1136) va Rossiyadan (85) xarid qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yangi inomarkalar uchun bojxona boji pasaytirilgani xabar qilingan edi.