Yosh o‘zbekistonlik stol tennischi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi

Asel Erkebayeva oltin medal yo‘lida Ukraina, Germaniya, Hindiston va Fransiya vakilalaridan ustun kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Yosh o‘zbekistonlik stol tennischi Asel Erkebayeva Belgiyadagi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi.
“Musoqaba ishtirok etgan hamurtimiz Asel Erkebayeva U-13 toifasida barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi”, - deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
Erkebayeva Ukraina, Germaniya, Hindiston va finalda fransiyalik raqibalarini mag‘lubiyatga uchratgan.
Musobaqa 14-20 fevral kunlari Belgiyaning Spa shahrida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Unda boshqa yosh toifalarida ham O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etishgan, biroq sovrinli o‘ringa ega chiqishmagan.