"Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi qabul qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida "Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida"gi qonuni loyihasi uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida "Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida"gi qonuni loyihasi uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar bilan uyushgan holda ishga joylashtiriladigan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistondan tashqarida ishlayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni reintegratsiya qilish tartibi tizimlashtiriladi.
Shuningdek, mehnat migrantlariga muayan imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilmoqda.
Deputatlar qonun loyihasining ahamiyati, ikkinchi o‘qishda bildirilgan taklif-tavsiyalarning loyihada aks ettirilganini alohida ta’kidlab, uni uchinchi o‘qishda qabul qildi.