Qozog‘iston o‘smirlar uchun mo‘ljallangan “Sputnik M” vaksinasini ma’qulladi

Qozog‘iston “Sputnik M” vaksinasidan foydalanishni ma’qullagan ilk xorijiy davlat bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun mo‘ljallangan koronavirusga qarshi “Sputnik M” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamg‘armasi (RFPI) xabar berdi.
“Shunday qilib, Qozog‘iston “Sputnik M” vaksinasidan foydalanishni ma’qullagan ilk xorijiy davlat bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
2021 yil 24-noyabr kuni Rossiyada COVID-19 ga qarshi 12-17 yoshli o‘smirlar uchun mo‘ljallangan “Sputnik M” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. U Gamaleya markazi tomonidan yaratilgan. Ta’kidlanishicha, bu vaksinaning xavfsizligi i samaradorligi klinik tadqiqotlarda tasdiqlangan. “Sputnik M” tadqiqotlarida qatnashganlarda jiddiy nojo‘ya ta’sir kuzatilmagan.
O‘zbekiston Rossiya yaratayotgan koronavirusga qarshi bolalar vaksinasiga qiziqish bildirmoqda