TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-fevral kuni “Avtotransport vositalarining ichki bozori rivojlanishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi
Qarorga ko‘ra, avtomobillar olib kirishda bojxona to‘lovlari stavkalari ikki bosqichda pasaytiriladi.
Qarorga ko‘ra, avtomobillar olib kirishda bojxona to‘lovlari stavkalari ikki bosqichda pasaytiriladi.
1.
Hujjat imzolangan paytdan boshlab 2023-yil 1-yanvarga qadar bojlar ikki yoki undan ortiq baravarga pasaytiriladi. Bunda avtomobil dvigateli quvvati bo‘yicha qo‘shimcha koeffitsiyent miqdori ham kamaytiriladi.2.
2023 yil 1-yanvardan bojxona stavkasi 15 foiz darajasida qoladi, qo‘shimcha koeffitsiyent ham pasaytiriladi.Bojlar faqat chiqarilgan kundan boshlab O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tish vaqtida 1-yildan ko‘p bo‘lmagan (bundan oldin – 3-yildan ko‘p bo‘lmagan) yangi avtomobillarga nisbatan qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 1-mayga qadar "UzAuto Motors" avtomobillari uchun oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirishni topshirgan edi. Qolaversa, import avtomobillari uchun “rastamojka”ni 2 barobarga (30 foizdan 15 foizga) pasaytirish bo‘yicha topshiriq berilgan. Prezident avtomobillar importi uchun bojxona bojlarini bosqichma-bosqich nol foizga qadar tushirish zarurligini ham ta’kidlagan edi.