O‘zbekiston hibsga olingan 14 nafar fuqaro bo‘yicha Qozog‘istonga nota yubordi

Qozog‘istonda joriy yilning yanvar oyida yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan so‘ng 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsda qolayotgani haqida ma’lumot tarqaldi.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Shu kunlarda qator OAVda Qozog‘iston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha ombudsmani Elvira Azimovaga tayanib, Qozog‘istonda joriy yilning yanvar oyida yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan so‘ng 18 nafar xorijlik, jumladan, 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsda qolayotgani haqida ma’lumot tarqaldi.
Bu xabarga oydinlik kiritish uchun O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga hibsga olingan O‘zbekiston fuqarolari, ular saqlanayotgan joylar, javobgarlikka tortilish sabablari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish hamda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun konsullik uchrashuvini tashkil etishni so‘rab tegishli nota yubordi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov.
O‘zbekiston Respublikasining Nur-Sulton shahridagi elchixonasi, shuningdek, Olma-ota va Aqtau shaharlaridagi Bosh konsulxonalari Qozog‘iston huquq-tartibot idoralarining joylardagi vakillari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Mavzuga doir:
Qozog‘istonda 14 nafar o‘zbekistonlik tergov izolyatorida saqlanmoqda>>