TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Qashqadaryo viloyatidagi Hisor davlat qo‘riqxonasida fotoqopqon qor qoplonini tasvirga oldi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qor qoploni bugungi kunda noyob tur hisoblanib, xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Mushuksimonlar oilasiga mansub bo‘lgan bu noyob jonivorni mamlakatda muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Hisor davlat qo‘riqxonasi qor qoplonining doimiy yashash joylaridan biri. Qo‘riqxonaga o‘rnatilgan fotoqopqon tabiatning ana shu noyob jonivorining yana bittasini kamera obyektiga muhrlagan.
Avvalroq Quralay soyiga qo‘yilgan kameraga 2 bosh qor qoploni tushgan edi.