TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Munxendagi xavfsizlik bo‘yicha anjumanda Kiyev yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Budapesht shartnomasidan ehtimoliy chiqishini ma’lum qildi. Bu quruq gap yoki jiddiy bayonotmi? Bu haqda ekspert Boris Marsinkevich so‘zlab berdi.
“Vladimir Zelenskiy so‘zlari, agar ularni davlat rahbarining rasmiy bayonoti deb baholasak, Ukraina yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartomadan chiqish niyatida ekanidan dalolat beradi. Ya’ni dunyoda KXDR, Pokiston va Hindiston ega bo‘lgan maqomni oladi – bu uch davlat bu shartnomaga qo‘shilmagan”, - dedi Marsinkevich.
Uning so‘zlariga ko‘ra, texnik jihatdan bu shantajni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Yadro qurolini yaratish uchun yoki plutoniy, yoki zarralari kamida 90 foizgacha boyitilgan uranga ega bo‘lish kerak.
“Bugungi kunda bu texnologiyalar Ukrainada yo‘q. Texnologiya to‘sig‘ini olib tashlash mumkinmi? Ikkita variant bor. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, KXDRda yadro quroli plutoniyga uran grafitli reaktorida ishlov berish hisobiga yaratilgan. Ukrainada o‘zining uran grafitli reaktori yo‘q, bunday reaktorlar Chernobil AESda bor edi, lekin u to‘liq to‘xtatilgan. Uning ishini qayta tiklash uzoq vaqt oralig‘ini talab etadi”, - deya ta’kidladi Boris Marsinkevich.
Marsinkevich aniqlik kiritadiki, Ukrainaning o‘zining yadro qurolini yaratish texnologiyalari ham yo‘q. Bu masalada yoki Rossiya, bu imkonsiz, yoki KXDR bilan hamkorlik qilishiga to‘g‘ri keladi. Biroq bu MAGATE bilan janjallanish degani.
“Zaxirada bitta variant bor – Islom Eron Respublikasi bilan texnologiyalarni berishga oid bitim imzolash. Bunda Ukraina ixtiyorida bular sabab Eron muammoga duch kelgan gaz sentrifugasi paydo bo‘ladi. Bu sabab Eronning atom dasturi to‘g‘risida bitim ishlab chiqilgan edi. Boshqa imkoniyatlarni ko‘rmayapman”, - deydi ekspert.
Shu bilan birga Ukrainaning yadro dasturi milliardli sarmoyalar va ko‘p vaqtni talab etadi. Pokiston va Hindistonning bunga 15-yili ketgan.
Umuman olganda Boris Marsinkevich Ukrainaning bu shantaji haqida shunday dedi: “Bu global yadroviy urushi boshlanishiga qo‘yilgan keyingi qadam”.