Toshkentda Xalqaro teatr va balet festivali bo‘lib o‘tadi

Madaniy anjumanda Rossiyaning bir necha mashhur teatrlari ham ishtirok etishadi.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Joriy yil 15-martdan 15-mayga qadar O‘zbekistonda Xalqaro teatr festivali tashkil etiladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar bermoqda.
Madaniy anjumanda Moskvaning "Sovremennik" teatri, Zamonaviy pyesa maktabining Moskva teatri, Millatlar teatri, A.P. Chexov nomidagi Moskva badiiy teatri, Boris Eyfman Sankt-Peterburg davlat akademik balet teatri, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri, Xamza nomidagi O‘zbek milliy drama teatri, Mark Vaylning “Ilhom” teatri, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar teatri ishtirok etishadi.
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida, “Ilhom” teatri hamda Hamza nomidagi Davlat akademik drama teatrida qator spektakllar hamda balet postanovkalari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbek ijodkorlari Dubayda lazgi va balet aralash tomosha ko‘rsatadi – video
Spektakllar va balet postanovkalari sanasi va vaqti bilan quyida tanishing.