Bu qiziq

Qanday moddalar ayollar yoshligini uzoqroq saqlashga yordam beradi?

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, yosh o‘tgan sari ayollar organizmi barcha kerak komponentlarni qabul qilishi qiyinlasha boshlaydi. Natijada salomatlikda jiddiy muammolar kuzatiladi.
Sputnik
Teri va sochlar salomatligi V vitaminlari guruhi, ayniqsa V2 vitaminiga bog‘liq deydi terapevt -gastroenteorolog Yelena Tulpina “Patiy kanal” ga bergan intervyusida.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, yosh o‘tgan sayin ayollar organizmi kerakli komponentlarni qabul qilishi qiyinlasha boshlaydi. Bu esa salomatlikda jiddiy muammolarga sabab bo‘ladi.
“Organizmdagi barcha biokimoviy jarayonlar V guruhi vitaminlari, shuningdek V2 yoki boshqacha qilib aytsak riboflamin evaziga sodir bo‘ladi. Bunda V2 vitaminining asosiy vazifasi V guruhining boshqa vitaminlarini: V6, V9 (foliy kislotasi) va V12 vitaminlarini faollashtirishdir”, - deydi Tulpina.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, V2 vitamini tanqisligi odatda ortiqcha jismoniy faollik, kamqonlik, shuningdek, oshqozon ichak-trakti va oshqozon osti bezi kasalliklarida paydo bo‘ladi. V2 vitaminining kerakli miqdorini faqat tibbiy tahlil orqali aniqlash mumkin.
V2 vitamini asosan sut, sut mahsulotlari, tuxum, jigar, buyrak go‘shti, qo‘ziqorin va yong‘oqlarda ko‘p. Kedr yong‘og‘ida rekord darajada V2 vitamini bor. Biroq organizm uchun shu ham kamlik qilishi mumkin.