DXR va LXRni tan olish to‘g‘risidagi qaror bugun qabul qilinadi - Putin

Rossiya jahon hamjamiyati uchun Ukrainadan ko‘ra kattaroq tartibni anglatadi - Medvedev.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev - Sputnik. DXR va LXRni tan olish to‘g‘risidagi qaror bugun qabul qilinadi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi majlisi yakunida.
Shuningdek Rossiya prezidenti Xavfsizlik Kengashi a’zolaridan ushbu borada o‘z fikrlarini bildirishni so‘radi.
Lavrov: G‘arb tomonidan Hozirgi Kiyevning neonatsist va bandera rejimini qo‘llab quvvatlash - bu ham genotsid. Ukrainada slavan, pravoslav va ruslarga oid hamma narsaga hujumlar uyushtirilmoqda. Ukraina hukumati birin ketin rus tilini ta’qiqlovchi, Konstitutsiyaga zid qonunlar qabul qilmoqda.
"Men umid qilamanki, ularni tan olish bilan biz butun rus dunyosiga juda kuchli signal yo‘llaymiz. Biz sakkiz yildan buyon vatandoshlarimiz, fuqarolarimiz ustidan mazax qilishganinig guvohi bo‘ldik", - dedi Lavrov.
Kozak: “Ukraina hech qachon Minsk kelishuvlarini bajarmaydi. Hech kim LDNR bilan bevosita muzokaralar olib bormaydi. Ukraina takliflari huquqiy kretinizmdir.
Shoygu: -Ukraina Lugansk va Donetsk viloyatlari chegaralarida texnikani jamlaydi.
- Ukrainaning yadroviy maqomini qaytarish haqidagi bayonotlar - shantaj. Mamlakatning bunday qurollarni yaratish imkoniyatlari Eronga qaraganda ancha ko‘p.
Medvedev: “Donbass Ukrainaga kerak emas. 2008-yilda Abxaziya va Janubiy Osetiyaning tan olinishi ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qoldi. "Potensial mojaro ko‘lamini biz 2008-yilda duch kelganimiz bilan taqqoslab bo‘lmaydi.
- Rossiya jahon hamjamiyati uchun Ukrainadan ko‘ra kattaroq tartibni anglatadi, - dedi Medvedev.
Eslatib o‘tamiz, bugun Moskva vaqti bilan soat 16:40da Donesk va Lugansk xalq respublikalari Putindan ularni tan olishni so‘ragan edi.
Xususan LXR rahbari Leonid Pasechnik Vladimir Putindan LXRning mustaqilligini tan olishni so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev to‘laqonli hujumga o‘tishni rejalashtirmoqda.
- Respublikani tan olish uning aholisining jonini saqlab qoladi, ustiga ustak aholining 300 ming nafari - Rossiya fuqarolari, - dedi Pasechnik.
Donesk Xalq Respublikasi rahbari Denis Pushilin ham Vladimir Putindan DXRning mustaqilligini tan olishni so‘radi. Shuningdek, Respublika rahbari Putindan mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasi imzolash imkonini ham ko‘rib chiqishni so‘radi.
- DXR aholisi o‘zini ruhan rus deb hisoblaydi va ularning asosiy maqsadi - Rossiya bilan integratsiya qilish, - dedi Pushilin.
Ma’lumot uchun, so‘nggi kunlarda Donbassda vaziyat jiddiy keskishlashdi. Ukraina Donbass hududda tinchlik o‘rnatish maqsadida oldin kelishilgan Minsk shartnomalariga zid ravishda, o‘z armiyasining katta qismini tutashuv chiziqlarida to‘plab, muntazam ravishda Lugansk va Donesk xalq respublikalari hududini o‘qqa tutmoqda, jumladan ta’qiqlangan qurollar bilan ham.
So‘nggi ikki kun davomida Donbassdan ayollar, bolalar va keksalarni Rossiyaning Rostov viloyatiga evakuatsiya qilish boshlandi. Ayni damga qadar evakuatsiya qilingan aholi soni 61 mingdan oshib ketdi.
DXR va LXRda 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan erkaklar uchun umumiy harbiy safarbarlik e’lon qilindi. Shu sababli ushbu yoshdagi erkaklarning respublikalar hududidan chiqishi taqiqlandi.
AQSh va NATOning boshqa mamlakatlari Ukrainani zamonaviy qurol-aslaha va harbiy instruktorlar bilan ta’minlashda davom etmoqda. Ushbu vaziyatda Moskva G‘arb davlatlarini bir necha marotaba Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni bas qilishga chaqirgan, chunki bu Kiyevni turli qaltis harbiy xatti-harakatlarni boshlashi undashi mumkin.