Munxenda til biriktirish 2.0: Zelenskiyni yana urushga undashmoqda

Zelenskiy okean ortidagi boshliqlariga quloq solmasdan Munxenga otlandi. Bu ishda katta qahramonlik bo‘lmasa-da, o‘ziga yarasha botirlik bor.
Sputnik
Haqiqiy urush boshlangani yo‘q, lekin Ukraina prezidenti allaqachon qahramon bo‘lib ulgurdi. Gap shundaki amerikalik kuratorlar Zelenskiyga Munxenga borishni ochiqchasiga ta’qiqilab qo‘yishganiga qaramasdan u shanba yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan anjumanga bordi. Ukraina prezidenti u yerda, Vashington urushga majburlayotgan bir vaqtda, Yevropa rahbarlari bilan gaplashib, ular hech qanday urush istamasliklarini bilib olishi va uning o‘zi ham ushbu pozitsiyada turib olish ehtimoli bor edi.
Umuman, Kiyev Rossiya “bostirib kirish” tahdidi ostida, elchixonalar ko‘chib ketayotgan, Ukraina askarlari okoplarda muzlayotgan bir vaqtda, prezident bronejilet kiyib ularni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, SPA va basseyn hamda 3 yulduzli mishlen restoraniga ega bo‘lgan mashhur Bauerish Xof mehmonxonasida dam olishi, balkim noo‘rin ko‘rinar.
Jo Bayden Zelenskiyning ushbu anjumanga borish haqidagi qarorini “Ehtimol bu eng oqilona qaror emas” deb baholadi. Lekin Zelenskiy okean ortidagi boshliqlariga quloq solmasdan Munxenga otlandi. Buni juda katta qahramonlik emasku-ya, o‘ziga yarasha botirlik desa bo‘ladi.
Anjumanda Ukraina yetakchisi ham jo‘shqin ham ehtiyotkorona nutq so‘zladi. Bir tmomondan u “Rossiya tajovuzi” bilan vaziyatni keskinlashtirmaslikni, ikkinchi tomondan esa ushbu “tajovuz” imkon qadar tezroq “naqdlashtirishga” harakat qildi. Ukrainani tezroq YeI va NATOga qabul qilish kerakligini, va Ukraina uchun bu kerakliroq ekani haqida gapirdi.

Undan so‘ng gapirgan NATO yetakchisi Yens Stoltenberg Kreml o‘z chegaralari yaqinida NATOni kamroq ko‘rishni istasa u “ko‘proq NATO ko‘radi” dedi. Ushbu, yaqqol urushga yetaklovchi tashabbuslariga qaramasdan Stoltenberg Evald fon Kleyst nomidagi mukofotga loyiq deb topildi.

Evald fon Kleyst - birinchi Munxen anjumani tashkilotchisi, Yevropa xavfsizligiga katta hissa qo‘shgan haqiqiy tinchlikparvar arbob. Kleystlar - Germaniyaning eng mashhur oilalalaridan biri. Ularning avlodida harbiylar, olimlar shoirlar va hatto Yevropaning eng buyuk dramaturglaridan biri - Genrix fon Kleyst ham bo‘lgan. Ikkinchi Jahon urushi vaqtida Kleystlar oilasi Gitlerga muxolifatchilik qiladi. Yosh Evald va uning otasi Genrix ham Shtauffenberg fitnasi ishtirokchilaridan bo‘ladi. Fitna amalga oshmaganidan so‘ng uning otasi qatl qilinadi, Evald qandaydir mo‘jiza tufayli omon qoladi.
Ushbu hayot tajribasi, urushdan so‘ng faol tinchlikparvarlik bilan shug‘ullanadi. O‘sha vaqtda tashkil qilingan birinchi Munxen anjumani Amerika va Yevropa elitalari uchun birinchi muzokaralar maydoniga aylanadi. Urushdan keyingi kuchsiz Yevropa SSSR va AQSh orasida puxta manyovrlar amalga oshirib o‘ziga erkinlik hamda kontinentda tinchlik bo‘lishiga erishadi.
Shu tariqa Yevropa bir necha yil tinch yashashga va qurolsizlanish jarayonlari olib borishga muvaffaq bo‘ladi. Lekin 90-yillarda, Evald fon Kleyst Munxen anjumanida ishtirok etmay qo‘yganidan so‘ng, amerikaliklar ushbu maydonchani o‘zlariniki qilib olishadi. Fon Kleyst o‘rniga, bir vaqtning o‘zida Amrikaning "Boing" korporatsiyasida ishlaydigan Xorst Telchik keladi. Sekin-asta amerikaliklar Yevropaliklarga “Yevropa xavfsizligi” qanady bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida o‘z nuqtayi nazarlarini singdirishga muvaffaq bo‘lishadi. Buning oqibatida Yevropa davlatlarining Iroq bo‘yicha nuqtayi nazari hisobga olinmaydi, ular Belgradni bombabo‘ron qilishda, Liviya urushi va Afg‘onistonga qo‘shin olib kirish va undan keyingi mojarolarda Amerika sherigiga aylanishadi.
Munxen anjumanidagi 2000-yillar boshida vaziyat qanday bo‘lganini, o‘sha vaqtlarda NATO bosh kotibi bo‘lgan britaniyalik siyosatchi Jorj Robertson juda aniq tasvirlab bergan edi: "...Don Ramsfeld (AQSh mudofaa vaziri) misli Terminatordek qaytib keldi (I’ll be back) va yevropaliklar bilan tap tortmay hisob-kitob qilishga tayyor ekanini bildirdi”, - degan edi.
Ushbu bir yoqlilik, Yevropa elitalarining Amerikaliklarga qaram bo‘lib qolganini Vladimir Putin o‘zining 2007-yilda Munxen anjumanida so‘zlagan shov-shuvli nutqida aytib o‘tgan edi. Rossiya prezidentining o‘sha nutqi Yevropa rahbarlarini taajubga solgani aniq. Axir Putin o‘shanda ularga bir kun kelib Amerika uchun Yevropada urush boshlash foydali bo‘lishini va o‘shanda yevropaliklar hech narsa qila olmay qolishlarini ochiqchasiga aytgan edi.
Oradan 15-yil o‘tib hammasi Rossiya prezidenti aytganday bo‘ldi. AQSh Ukrainaga kirib olib uni Texas o‘lchamidek kriminal anklavga aylantirdi. Mahalliy millatchilar istalgan vaqtda mamlakatda xunrezlik uyushtirishi mumkin. Oqibatda Yevropaga yuz minglab qochqinlar kirib keladi.
Bugun esa Ukraina rahbari, Budapesht shartnomasiga (yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risida) qaramasdan qo‘lbola yadro quroli yasamoqchi. Yevropa bunga jim qarab turishga majbur. AQSh bo‘lsa Yevropa elitalarini Ukrainada sodir bo‘lishi kutilayotgan qonli urushga yetaklab kirish uchun Munxen anjumanidan foydalanmoqda. Munxen-2022ning asosiy mavzusi tillardan doston bo‘lgan “Rossiyaning bostirib kirishi” bo‘ldi.
Unda so‘zga chiqqan spikerlar birin ketin “Rossiya aslida qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan uzoqqa olib ketmadi” deyishdi. Donbassda portlayotgan barcha snarad va minalar – “Rossiya ig‘vosi” deyildi.
Xo‘sh, unda Donbassdan ayollar va bolalarni evakuatsiya qilinishi ham fitnami? Putin nima desa ham yaqinda Rossiya baribir Ukrainaga bostirib kiradi va buning uchun to‘liq jazolanadi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson nutqi boshqalardan ko‘ra tajovuzkorroq chiqdi. “Biz Estoniyada o‘z harbiy ishtirokimizni 2 baravar oshirdik, Polshada va Janubi-Sharqiy Yevropa osmonida ham harbiy ishtirokimizni kuchaytirdik, <…> Biz Kiprga 6ta “Tayfun” qiruvchilarini yubordik, harbiy kemalarni O‘rta-yer dengizi Sharqiga va Qora dengizga jo‘natdik. <…> 2014-yildan buyon Ukrainaga yordam berib kelganimiz bilan faxrlanaman. Biz u yerda 22 ming askarlarni o‘qitdik va 2000 ta tanklarga qarshi raketalar yubordik. <…> Agar Rossiya tinch Ukraina xalqiga nisbatan tajovuz qilsa, <…> Rossiya ushbu urushni yutqazsa va buni hamma ko‘rsa – bu hammamizning manfaatlarimizga javob bergan bo‘lardi", - dedi Jonson.
O‘z nutqida Jonson hatto Kamala Xarrisdan ham oshib tushdi. AQSh vitse-prezidenti Rossiyaga asosan iqtisodiy sanksiyalar bilan thdid qilgan, Amerika harbiy aralashuvi chegaralarini juda ehtiyotkorlik bilan belgilagan edi: NATOning sharqiy qanotini kuchaytirish xolos.
Munxen anjumani raisi, nemis diplomati Volfgang Ishinger va Xarris orasida juda qiziq suhbat bo‘lib o‘tdi. Diplomatik tildan oddiy tiliga tarjima qilganda uni quyidagicha tushunish mumkin – Ishinger AQSh vitse-prezidentidan “yangi Tramp” hukumat boshiga kelgan taqdirda Amerikaning Yevropadagi siyosati o‘zgarmaydimi, deb so‘radi.
Axir ushbu yilning noyabrida respublikachilar demokratlarni kongressdan quvishiga shubha yo‘q. Ular esa uch yildan qisqa vaqt ichida Oq Uyga Trampni (Aniqrog‘i Tramp 2.0) olib kelishadi. Bu borada hech kimda shubha qolmagan.
Har safar boshqaruvchi partiya o‘zgarganda, Vashingtonda o‘z ittifoqchilari va bergan va’dalaridan voz kechish uchun ulkan imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Amerikaliklarning shartnomalarga munosabatini ko‘pchillik yaxshi tushunadigan bo‘lib qolgan. Dastlab Eron bilan shartnoma tuzishdi, keyin Tramp kelib uni bekor qildi. Hozir yana qaytadan tuzishni taklif qilishmoqda. Uch yildan so‘ng ehtimol yana bekor qilishadi.
Bugun yevropaliklarni bezovta qilayotgan asosiy narsa – Vashington ularni Rossiya bilan to‘laqonli mojaroga aralashtirib qo‘yadi va undan so‘ng hammasini tashlab boshqa ishlar bilan shug‘ullanishni boshlaydi. Xo‘sh o‘shanda nima bo‘ladi?
Kamala Xarris – bunday bo‘lmaydi, Rossiyaga ham demokratlar ham respublikachilar qarshilik qiladi. Bu borada ikki partiya orasida bir umrlik konsensus bor, dedi. Amerikalik amaldor boshqa nima ham deyishi mumkin? Kerak bo‘lsa biz sizni sotamiz va bu yer ikkinchi Afg‘onistonga aylanadi, demaydiku?
Keyingi savolida Ishinger Amerikaning ushbu avanturasi (aslida u xushmuomalaliroq gapirdi) Yevropa xavfsizlik tizimini barbor qilishini ma’lum qildi va Rossiya bilan muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilishning iloji yo‘qmi deb so‘radi: "Biz faqat Rossiya haqida emas Rossiya bilan ham gaplashishimiz mumkinmi?" deb maslani ko‘ndalang qo‘ydi. Bunga javoban Xarris, u ham diplomatiya tarafdori ekanini, lekin Rossiya bostirib kirsa urush bo‘lishi muqarraligini va yevropaliklar undan bo‘yin tovlay olmasliklarini bildirdi.
Munxen anjumani barchaga NATO a’zolarining yakdilligini ko‘rsatishi kerak edi. Lekin hamma bir narsada yakdil ekan – hech kim Kiyevga qo‘shin yubormoqchi emas. Shu bilan birga ularning barchasa turli darajadagi o‘jarlik bilan Zelenskiyni – o‘z nomi bilan ataganda – harbiy jinoyatlarga undashmoqda.

Ular Kiyevdan kimoviy qurollar va tinch aholini bambabo‘ron qilish orqali misli ko‘rilmagan fitnalar uyushtirishni kutishmoqda. Ukraina rejimiga har qanday yovuzliklar uchun oldindan ijozat berilgan. Axir Germaniya kansleri Olaf Shols Putinning Donbassdagi genotsid haqida aytgan gapiga - bu “shunchaki kulguli” dedi.

Shu bilan birga NATO Zelenskiyga hech qanday askar yuborishni va’da bergani yo‘q. “Hammasini o‘zing bajar” deyapti ular. NATO harbiylari televizordan Yevropa Sharqida ukrainaliklar qanday qurbon bo‘lishini tomosha qilib o‘tirishga tayyor xolos. Zelenskiyni Gaaga sudiga chaqirishganida esa, ular hamma aybni Zelenskiyga to‘nkab, o‘zlarini hech narsa bilmagandek tutishadi, albatta.
Ukrainaning NATOga qabul qilinishi borasida, Zelenskiy o‘z savoliga vanihoyat javob oldi. Olaf Shols unga “Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi kun tartibida turgani yo‘q va yaqin kelajakda amalga oshmaydi” deb javob berdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov iyunda bo‘lib o‘tadigan Madrid sammitida Ukraina va Gruziyani NATOga qabul qilishdan voz kechishni rasmiylashtirishni taklif qildi. Ko‘rib turganingizdek, yevropalik hamkorlar ushbu signalni eshitishgan. Endi gap faqat Germaniya kanslerining fikriga quloq solish va uni hujjatlarda mustahkamlashda. O‘shanda hamma uchun hamasi yaxshi bo‘ladi.