TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ekstremistik tashkilotlarga aloqador 24 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ekstremistik tashkilotlarning ushlangan bu a’zolari jinoyat ishi doirasida bu ikki hududda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlangan.
Qo‘lga olingan shaxslarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuvda ekstremistik oqim va xalqaro terrorchilik tashkiloti targ‘ibotchilarining aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan va taqiqlangan materiallari topilgan.
Hozir ularga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.