TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zgidromet 21-25 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
21 fevral kuni mamlakat hududi bo‘yicha bahoriy iliq, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kunduz kuni harorat +18...+21 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Bu meyoridan +7...+9 darajaga yuqori.
22 fevraldan ish haftasining oxirigacha Kavkazdan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda. Bunda respublikaning ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kechalari +4...+9 daraja iliq, kunduzi esa +13...+18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Poytaxtda hafta davomida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 25-fevral kuni biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.
Hafta davomida respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.