TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Chilonzor tuman sudida Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovga nisbatan sud jarayoni yakunlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.
Sud qaroriga ko‘ra, Abduxoliqov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-8-moddasi (davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 4-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida (8,1 mln so‘m) jarima jazosi tayinlandi.
Ta’kidlanishicha, u bu qaror ustidan belgilangan tartib va muddatda apellyatsiya shikoyati yoki protest berish mumkin.