Bu qiziq

Qaysi mahsulotlarni muzlatgichda saqlash mumkin emas?

WeChat: muzlatgichda ziravorlar, tropik mevalar va tuzlangan sabzavotlarni saqlash mumkin emas.
Sputnik
Xitoyning WeChat portali foydalanuvchisi muzlatgichda saqlash mumkin bo‘lmagan mahsulotlarni sanab o‘tdi.
Unga ko‘ra, ko‘pchilik muzlatgichni xuddi barcha narsani saqlasa bo‘ladigan shkaf deb o‘ylaydi. Biroq, bunday qilish salomatlik uchun zararli bo‘lishi mumkin.
Birinchidan, muzlatgichda turli ziravorlarni saqlash mumkin emas. Masalan, badyan va qalampir ziravorlari muzlatgichda saqlanganda namiqadi. Natijada ularda aflotoksin kabi jigar kasalliklarini keltirib chiqaruvchi modda ajralib chiqadi.
Shuningdek, tropik mevalarni ham muzlatgichda saqlash zararli. Misol uchun banan, lichi yoki yana boshqa tropik mevalar sovuq haroratda nafaqat chiriydi, balki bunday sharoitda ularda turli bakteriyalar va aflotoksinlar ham ko‘payadi.
Lapsha-lag‘mon mahsulotlarini ham muzlatgichda saqlash mumkin emas.
“O‘zingiz uyda tayyorlagan lag‘mon uzog‘i bilan ikki-uch kun saqlanishi mumkin. Umuman olganda, salomatlik uchun zararli bo‘lishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Xususan, tuzlangan sabzavotlarni ham muzlatgichda saqlash tavsiya qilinmaydi. Bundan tashqari, shifobaxsh o‘tlarni ham u yerda saqlamagan ma’qul. Chunki uzoq muddat oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga saqlanganda o‘simliklarga namlik va bakteriyalar o‘tishi mumkin. Bu esa o‘simliklarning barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.