Pekin-2022: qishki Olimpiya o‘yinlari yakunlandi

Norvegiya 16 ta oltin, 8 ta kumush, 13 ta bronza medali bilan mutlaq yetakchi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqalar 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tdi.
Seremoniya zakritiya XXIV Olimpiyskix igr v Pekine
Norvegiya 16 ta oltin, 8 ta kumush, 13 ta bronza (jami 37 ta medal) medali bilan mutlaq yetakchi bo‘ldi. Germaniya 12 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medali (jami 27 ta medal) bilan 2-o‘rinda. Mezbon sportchilar esa 9 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza medali (jami 15 ta medal) bilan 3-pog‘onadan o‘rin olishdi.
Rossiya jamoasi 6 ta oltin, 12 ta kumush va 14 ta bronza bilan 9-pog‘onani band etdi. Rossiyalik sportchilar medallar soni bo‘yicha jamoalar orasida ikkinchi bo‘lishdi. Ular Olimpiadada jami 32 ta medalga ega chiqishdi.
Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan yagona sportchi Komiljon To‘xtayev gigant slalom yo‘nalishida 29-o‘rinni egalladi, slalom yo‘nalishida esa marra chizig‘iga yaqin joylashgan darvozadan o‘tishda xatoga yo‘l qo‘ygani sabab musobaqadan chetlashtirildi.