TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Bugun, 20 fevral kuni Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli L-503 elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi, deb xabar qilmoqda Energertika vazirligi.
Shu munosabat bilan soat 09:30 dan 16:00ga qadar vodiyning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Ta’mirlash ishlari bilan bahor mavsumida vodiy viloyatlari iste’molchilarining elektr energiyasi ta’minoti barqarorligi yanada oshirilishi ta’kidlanmoqda.