Navoiydagi savdo markazida bobo va nabira eskalatordan qulab tushdi

“Yangi hayot” savdo majmuasida bobo va nabira eskalatordan qulab tushgani aks etgan video tarqaldi.
Sputnik
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasida bobo va nabira eskalatordan qulab tushgani aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB izoh berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 18-fevral kuni taxminan soat 20:30 da sodir bo‘lgan. Karmana tumanida yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan Sh.T. 3 yoshli nabirasi A.S. bilan Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasiga borgan.
Ular savdo majmuasining 5 va 4-qavat oralig‘idagi eskalatorda muvozanatni yo‘qotib, 1-qavatga tushib ketgan. Fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etdi. Tan jarohati olgan A.S. esa viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizildi.
Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.