TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 191 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 235 063 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlari: Andijon viloyatida (6), Buxoro viloyatida (7), Jizzax viloyatida (6), Qashqadaryo viloyatida (2), Navoiy viloyatida (5), Namangan viloyatida (7), Samarqand viloyatida (19), Sirdaryo viloyatida (7), Surxondaryo viloyatida (8), Farg‘ona viloyatida (7), Xorazm viloyatida (10), Toshkent viloyatida (23), Toshkent shahrida (84) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
42 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 224 458 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga yetdi.
O‘lim holatlari
Koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1 617 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 419,0 milliondan oshdi, 5,8 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (78,3 mln), Hindistonda (42,7 mln), Braziliyada (27,9 mln).