TOShKENT, 18 fev — Sputnik. 3 fevraldan kuchga kirgan prezident qarorida Toshkent shahar jamoat transportini rivojlantirishga oid ustuvor vazifalar belgilandi.
Toshkent shahrining magistral ko‘chalari, jumladan, Keles yo‘li, Ahmad Donish, Bog‘ishamol, Buyuk ipak yo‘li, Maxtumquli, Farg‘ona yo‘li, Lutfiy, Beshqayrag‘och, Ko‘kcha darvoza va Beruniy ko‘chalaridagi 11 ta avtobus yo‘nalishida alohida bo‘laklar tashkil etiladi. Bu ishlar 2026-yilga qadar amalga oshiriladi. 2022-yil oxirgi choragida faqat Ahmad Donish ko‘chasida alohida yo‘lak ishga tushiriladi.
Shuningdek, joriy yilda Toshkent shahrining 10 ta ko‘chasida, xususan, "Fidokor", "Amir Temur", "Nukus", "Bratislava", "Mirobod", "Glinka", "Avliyoota", "Shevchenko", "Said Baraka", "Moshtabib" va "Yakub Kolas" ko‘chalarida pullik to‘xtash joylari tashkil etiladi.
2022 yilning oxiriga qadar Toshkentdagi mavjud 605 ta chorrahaning barchasiga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalari o‘rnatiladi.