Tashqi siyosat: yangi konsepsiya loyihasi muhokama qilindi

Tashqi siyosiy faoliyatining yangi konsepsiyasi loyihasi muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi siyosat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida o‘tgan tadbirda Kengashning joriy yildagi faoliyati yakunlari va kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyatining yangi konsepsiyasi loyihasi bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda muhokama qilindi.