"Qaroqchi kabi". AQSh afg‘onlar pulini tortib oldi

AQSh Afg‘oniston pullarini 11-sentabr terakti qurbonlariga tarqatishga qaror qildi. Xalqaro hamjamiyat bunga qarshi.
Sputnik
TOShKENT, 18 fev —Sputnik. Djozef Bayden Afg‘oniston Markaziy bankining AQShda saqlanayotgan mablag‘larini 11-sentabr terakti qurbonlariga tarqatishga qaror qildi, o‘sha mudhish teraktni uyushtirgan jangarilardan birortasi ham afg‘on bo‘lmasa ham. Qobulda bunday qarordan norozi bo‘lishdi, yuzlab aholi norozilik namoyishiga chiqdi. Oq Uy bu ishni nima sababdan qildi?

Yarmi sizga, yarmi - bizga

AQSh prezidenti Afg‘onistonning Amerika banklarida saqlanayotgan $ 7 mlrd. valyuta rezervlarini blokirovka qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ularning yarmini 11-sentabr teraktida jabrlanganlarga tarqatiladi, qolganini Afg‘oniston xayriya tashkilotlariga beriladi.
Hozircha ushbu aktivlar Federal rezerv bankining Nyu Yorkdagi bankning maxsus rezerv hisob raqamiga o‘tkazilgan. Shtat sudi ruxsatnoma berishi kerak.
Qobulning 9 milliarddan ortiq oltin-valyuta rezervlari bor. Undan 7 milliardi AQShda saqlanmoqda, qolgani – Germaniya, BAA va Shveysariyada. Vashington Afg‘oniston ushbu mablag‘larni Amerikaning so‘nggi 20-yilda ko‘rsatgan yordami tufayli to‘plashga muvaffaq bo‘lganini bir necha bor aytib o‘tgan edi.
Baydenning ushbu farmonini BMTda ham tanqid qilindi. Bosh kotib matbuot kotibi Stefan Dujarrik ushbu mablag‘larni ozod qilishni talab qildi. Buni oldin ham talab qilishgan edi, lekin foydasi bo‘lmagan edi.
Pekin buni yanada qattiqroq tanqid qildi. “Bu bosqinchilar xulq-atvori. Bu AQShning dunyoda kuchsizlarni himoya qilish va odillik tarafdori emas, balkim Vashington gegemoniyasi uchun kurashayotganini yana bir bor isbotlaydi”, - deyilgan XXR TIV bayonotida.

Moskva ham bunga o‘z munosabatini bildirdi.

“Nima uchun teraktlarda hech qanday ishtirok etmagan afg‘on xalqi endi buning uchun pul to‘lashi kerak? – dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. – Afg‘onistonda hozir gumanitar vaziyat o‘ta og‘ir. Bu jumladan AQSh va uning ittifoqchilarining muvaffaqiyatsiz harbiy kampaniyasi oqibatida ham sodir bo‘lgan. Vashington Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni yanada og‘irlashtirmoqda”.
Qobul va Jalolobodda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. “Afg‘on xalqiga dushman bo‘lishni bas qiling!”, “AQSh va uning ittifoqchilari minglab afg‘onlarni o‘ldirgani va Afg‘onistonni vayron qilgani uchun javob berishi kerak!”, - degan plakatlar bilan chiqqan namoyishchilar.

Yordam o‘rniga sanksiyalar

“Afg‘on pullarini o‘g‘irlash – bu davlat va jamiyatning insoniy va axloqiy jihatdan chirishidan darak beradi”, - deb yozdi o‘z Twitterida Tolibon*ning Qatardagi siyosiy ofisi rahbari Muxammed Naim.
AQSh kelishuvlarni bajarmayapti. Tolibon* tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutaki aytishiga ko‘ra, Vashington yangi afg‘on hukumati rahbarlarini qora ro‘yxatdan o‘chirgani yo‘q. Mamlakatni tiklashda yordam berish o‘rniga sanksiyalar kiritmoqda.
Toliblarni ilk bor Afg‘onistonning sobiq hukumati qo‘llab-quvvatladi. Sobiq prezident Hamid Karzay Vashingtondan hukumatga emas xalqqa tegishli bo‘lgan mablag‘larni “bo‘lajak avlodlar uchun" darhol qaytarishni so‘radi.
Afg‘oniston sobiq TIV rahbari Moxammad Xanif Atmar AQShning bunday xulqini “Afg‘onistonda hayot ta’minoti uchun kerak bo‘ladigan rezervlardan bunday foydalanishni “odobsizlik va noqonuniy” deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston davlat rezervlarini AQSh ma’muriyati o‘tgan yilning 15-avgustida muzlatib qo‘ygan edi. Bu bilan Ashraf G‘ani rejimini saqlab qola olmagan amerikaliklar Qobulga bosim o‘tkazish uchun kuchli dastakni saqlab qolishdi. Tolibon pullarni qaytarishni talab qilgan bo‘lsa-da, Oq Uy– bunga umid qilmaslikni bildirdi.
Rossiya va Xitoy masalani siyosatlashtirmaslik va afg‘on pullarini darhol ozod qilishni so‘rashdi. Vladimir Putin bu “afg‘on bolalariga yordam berish, tibbiy uskunalar va dori-darmon sotib olish uchun kerakligini ta’kidladi.
“Bu pullar qurol-aslaha uchun ishlatilmaydi. Tolibon*ga qurol kerak emas. Ularga shundoq ham milliardlab dollarlik qurol-aslaha tashlab ketilgan”, - dedi Rossiya prezidenti.
Vashington va Brussel siyosiy talablar qo‘ymoqda: sobiq hukumat bilan ishlagan afg‘onlarni amnistiya qilish, inklyuziv hukumat, qiz bolalar uchun maktab ta’limi.
Tarixiy nuqtayi nazardan bu takrorlanmas vaziyat, deydi Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, Zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi direktori Omar Nessar.
“Bir tomondan toliblar hozircha tan olinmagan. AQSh bu kollektiv jarayon deb hisoblaydi. Rossiya ham shunday fikrda. Ikkinchi tomondan esa – Tolibon* bilan hamma muloqot qilmoqda. Turli darajada bo‘lsa ham. Afg‘onistonda ayrim davlatlar elchixonalari va diplomatik missiyalari ham ishlamoqda. Qandaydir ma’noda toliblar tan olinmoqda, lekin bu haqida rasman e’lon qilingani yo‘q”, - deydi siyosatshunos.
Afg‘on hukmuati oltin-valyuta rezervlarini qaytarishga yana bir bor urinib ko‘rishmoqchi. Ular bitta Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashish uchun Qatarga va Britaniyaga ikkita delegatsiya yuborishdi. Lekin ularning talablariga ijobiy javob bo‘lishi amri mahol, deb hisoblaydi Nessar.
“AQSh ushbu qarorni ko‘proq ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda qabul qildi: Bayden reytingining tushib ketishi, Afg‘onistondan qochish uchun tanqid. Bu jamoatchilik fikriga ta’sir qilish uchun qo‘yilgan qadam. Bu bilan Vashington “biz toliblarni tan olishga tayyor emasmiz” demoqchi. Lekin Qobul uchun hech qanday jiddiy oqibatlar bo‘lmaydi”, - deb hisoblaydi siyosatchi.
Jumladan Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatga ham ta’sir qilmaydi. U qanchalik og‘ir bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha qoladi.
*Terrorchilik faoliyati uchun BMT ta’qiqi ostiga tushgan tashkilot.