TOShKENT, 18 fev - Sputnik. O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligida bugungi kunda qanday ishlar olib borilayotgani, qanday maqsadlarga erishish kutilayotgani haqida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi vakilllari AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida hisobot berdi.
“Yashil qoplamalar” qanday ko‘payadi
Prezident va Hukmat qarorlariga asosan, Orol dengizining qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida jami keyingi besh yillik 1 mln gektar, shundan 2022-yilda 200 ming gektar hajmda cho‘l o‘simliklaridan “yashil qoplamalar” himoya o‘rmonzorlari barpo etish rejalashtirilmoqda.
Bugungi kungacha, 700 tonna cho‘l o‘simliklarining urug‘larini jamg‘arildi, 18 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etildi. Ayni paytda urug‘ jamg‘arish va ekish ishlari davom ettirilmoqda.
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan har bir hududga mos ravishda ko‘kalamzorlashtirish uchun tavsiya etiladigan daraxt-buta turlari hamda ekish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Mazkur tavsiyalarga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda shumtol, qayrag‘och, katalpa, yapon saforasi, gledichiya, tol, terak, jiyda, tut, zarang, kashtan, lipa, eman, akatsiya kabi manzarali va mevali ko‘chatlarni ekilishi ta’minlandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-noyabrdagi 694-F-son farmoyishiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida 2022-yil bahorgi mavsumda belgilangan miqdordagi ko‘chatlarni ekilishi ta’minlanadi.
Buning uchun, hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tashkilot va korxonalarga belgilangan tartibda ko‘chat yetishtiruvchi subyektlar tomonidan har xil turdagi daraxt-butalarning ko‘chat va qalamchalari yetkazib beriladi. Hududlarda tasdiqlangan “yo‘l xarita”lar asosida mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ko‘chat ekish bilan bog‘liq barcha tashkiliy choralar ko‘riladi.
Eng asosiysi, sug‘orish tizimini joriy etishga hamda agrotexnik qoidalar asosida ekilgan ko‘chatlarni doimiy ravishda parvarishlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Qum va chang bo‘ronlariga qarshi
Ma’lumki, 2021-yilning 4-7 noyabr kunlari Toshkentda kuchli qum-chang bo‘ronlari sodir bo‘lgan edi. Ularning kelib chiqishining asosiy sababi - yerlarning degradatsiyaga uchragani va “Yashil qoplama”larning kamayib ketganligidir.
Ushbu munosabat bilan “O‘zbekistonda chang va qum bo‘ronlariga qarshi kurashish va ularning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasi” ishlab chiqilib, 2022-yil 11-yanvarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.
Ushbu hujjatda qum va chang bo‘ronlari masalalarini tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, BMTning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish reyestriga kiritish, “Tuproqlar va ular unumdorligini muhofazalash to‘g‘risida” qonun loyihasini ishlab chiqish, qum-chang bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish uchun qo‘shimchalar kiritish hamda yaylovlar mahsuldorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, yerdan samarali foydalanishda iqtisodiy manfaatdorlik mexanizmlarini takomillashtirish kabi bir qator tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
Bundan tashqari Respublika hududlari bo‘yicha cho‘llanish va qurg‘oqchilikka moyil bo‘lgan hududlarning kuchsiz, o‘rtacha kuchli, kuchli va o‘ta kuchli birlamchi ro‘yxati shakllantirildi va atlas xaritasi ishlab chiqildi. Ushbu ro‘yxatga asosan o‘rmon barpo etish ishlarini tashkil etish rejalashtirilib amalga oshirilib bormoqda.
Dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini rivojlantirish va dorivor o‘simliklarni yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu maqsadda respublikaning barcha hududlaridagi o‘rmon fondi yerlarida dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil qilinib, xomasholarini yetishtiriish yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunga qadar tizimdagi 54 ta o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan jami 191,5 gektar maydonda yangi 8 ta turdagi dorivor o‘simliklarning onalik-tajriba plantatsiyalari barpo etildi.
2022 yilda tizim o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 5 ming gektarga yaqin maydonda dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etilib, 8,5 ming tonnadan ortiq xomashosini tayyorlash rejalashtirilgan.
Madaniy holda yetishtiriladigan dorivor o‘simliklarning turlarini 64 tadan 68 taga yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib olganmiz. Bu orqali tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni maydonini saqlab qolishga va kengayishiga sabab bo‘ladi.
O‘rmonlar himoyasi
O‘rmonlarni qo‘riqlash va muhofaza qilish borasida 2021-yil davomida o‘rmon kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash ishlari 100 ming gektardan ortiq maydonda, shu jumladan 90 ming gektar maydonda biologik kurash ishlari amalga oshirildi, 254 km uzunlikdagi yong‘inga qarshi yo‘llar, 42 km uzunlikdagi himoya liniyalari, 454 km minerallashgan polasalar qurilib, 1765 km uzunlikdagi yo‘llar ta’mirlandi.
O‘rmon yerlarini ijaraga berish
O‘rmon fondi yerlarining samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlarini foydalanishga kiritish yuzasidan 2021-yil 31-dekabr holatiga 65,5 ming gektarga yaqin yer uchastkasiga 6,5 mingga yaqin ijara shartnomalari rasmiylashtirildi, shu bilan birga, jami 18 ming 265 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi qaroriga asosan o‘rmon fondining o‘zlashtirilmagan yer uchastkalari foydalanishga berildi:
yangidan yong‘oq mevali bog‘lar (pista, bodom, yong‘oq) barpo etish uchun 371 ta ijarachilarga 13,5 ming gektar, tez o‘suvchi daraxtlar (pavlovniya, terak) plantatsiyalari barpo etish uchun 95 ta ijarachilarga 2 ming 424,8 gektar yer maydonlariga — 5-yilga;
cho‘l hududlarida joylashgan, suv bilan ta’minlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yerlari o‘zlashtirilib cho‘l o‘simliklari (saksovul, cherkez, qandim, qoraburoq) plantatsiyalari barpo etish uchun 4 ta ijarachilarga 502 gektar yer maydonlariga — 10-yilga;
suv bilan ta’minlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yerlari o‘zlashtirilib oziq-ovqat ekinlari (dukkakli, moyli, boshoqli ekinlar, sabzavot, poliz) uchun 40 ta ijarachilarga 1 ming 3,8 gektar yer maydonlariga — 1-yilga;
dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etish uchun 40 ta ijarachilarga 1 ming 640,7 gektar yer maydoniga — uch yil davomida ijara to‘lovining “nol” stavkasini qo‘llash orqali foydalanishga berildi.
2021 yilda o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga olish kim oshdi elektron savdo orqali ijaraga berish maqsadida, www.ijara-urmon.uz elektron saytiga joylashtirilgan. U yerda 255 ta lotlar muvofaqiyatli yauklanib 886 gektar foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yerlari yuridik va jismoiy shaxslarga berilgan.